TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalq bilan bevosita muloqot chog‘ida biometrik pasporti bo‘lmagan fuqarolar eski pasportlaridan yo‘l hujjati sifatida foydalanishlari mumkinligini aytdi.
Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan xorijiy davlatlarda yashovchi va o‘z pasportlarini biometrik hujjatga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar uchun eski pasportdan yo‘l hujjati sifatida foydalanish muddati 2018-yil 1-iyulgacha uzaytirildi.
Endilikda O‘zbekiston fuqarolari eski pasportlaridan yo‘l hujjati sifatida foydalanib, shu jumladan, uchinchi davlatlar hududida tranzit orqali ham hech qanday to‘sqinliksiz Vatanga qaytishlari mumkin.