O‘zbekistonda yapon harbiy asirlari haqida kino suratga olinadi

© Flickr / Devin ConnollyTeatr imeni Alishera Navoi
Teatr imeni Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya va O‘zbekiston kino ijodkorlari urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan yapon harbiy asirlari haqida kino suratga olishga kelishib olishdi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. “O‘zbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar  qilmoqda agentlik axborot xizmati.

Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Atabek Musayev, Yaponiya Vazirlar turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatchisi, «JTB» korporatsiyasi menedjeri Kazunori Koseki, “Loaded films Co. Ltd.,” produsserlik kompaniyasi prezidenti Eiko Mizuno va produsser Djeyson Edvard Greyemlar ishtirok etishdi.

Samarqanddagi turistlar - Sputnik O‘zbekiston
Yapon OAV: O‘zbekiston - Markaziy Osiyo turizmi markazi

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zbek va yapon kinoijodkorlari hamkorligida urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan yapon harbiy asirlari haqidagi hikoyalar badiiy film ssenariysi uchun asos bo‘lishi mumkinligi aytildi. Bu borada Yaponiya tomonidan taklif qilingan film sinopsisi ko‘rib chiqilib, mazkur loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 1945-1950 yillarda O‘zbekiston hududida 23 mingga yaqin asirga olingan yapon harbiylari bo‘lgan.  Ularning bevosita ishtirokida Navoiy va Muqimiy teatrlari, To‘qimachilik kombinati, Markaziy telegraf binosi, Farxod GESi va boshqa binolar qurilgan.

O‘sha og‘ir yillarda 817 nafar yapon harbiylari O‘zbekiston hududida vafot egan. Ularning qabrlari Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida saqlanib qolgan. Ularning qarindoshlari haligacha o‘sha qabrlarni ziyorat qilgani kelib turishadi.

Yangiliklar lentasi
0