TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreya ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida e’lon qilgach, Yaponiya hukumati kun davomida ikkinchi bor milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ilgariroq Renxap agentligi o‘z manbasiga tayangan holda Shimoliy Koreyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan uchirilgan raketa parvozi davomiyligi 2300 kilometrni tashkil qilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha AQSh va Yaponiya yetakchilari Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish uchun ikki davlat o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan edilar. Xabarlarga ko‘ra, Sindzo Abe va Donald Tramp KXDRga bosim o‘tkazishni davom ettirish maqsadida Germaniyada o‘tkazilishi kutilayotgan "katta yigirmatalik" (G20) sammitidan foydalanishga kelishib olishgan.