O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi

Obuna bo‘lish
Sessiyada O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga doir asosiy masalalar muhokama etildi. Shular qatorida xorijiy elchilar o‘z mamlakatlaridagi yoshlar masalalaridagi tajriba haqida fikr bildirdilar

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. 2017 yil 3-iyul kuni Xalqaro Press klubda yangi tuzilgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi davlat tashkilotining faoliyatiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Xalqaro Press klub matbuot xizmati. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi

Anjumanning birinchi qismida spikerlar sifatida yangi tuzilgan Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quranboyev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Nabiyev Dilmurod, Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turgunov, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqishdi.

Ikkinchi qismida esa Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Lisze, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yerik Utembayevlar ishtirok etdi. Ushbu sessiya O‘zbekiston prezidenti Devoni yoshlar siyosati masalalari sektori, yangi tuzilgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Press-klub: soveshanie - Sputnik O‘zbekiston
Eng yosh vazir o‘rinbosari: asosiysi - prezident ishonchini oqlash

Sessiyada O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga doir asosiy masalalar muhokama etildi. Shular qatorida xorijiy elchilar o‘z mamlakatlaridagi yoshlar masalalaridagi tajriba haqida fikr bildirdilar.

Tugatilgan Harakatning asosiy negizi bo‘lmish umumta’lim maktablari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari hamda korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari soni 15 579 ta bo‘lib, bugungi kunda ular 6 mln.dan a’zolarni birlashtirgan edi. (4 mln.dan ziyod "Kamolot" 14-30 yoshdagi, 2 mln.dan ziyod "Kamalak" 10-13 yoshdagi). Afsuski, raqamlar qanchalik jimjimador bo‘lmasin, vaqt Harakatning faoliyati xozirgi kun va yoshlar talabiga javob bermasligini, tashkilotni esa tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatdi.

Anjumanda, o‘tgan davr mobaynida (2001-2017) Harakat tomonidan yoshlarning manfaatlarini himoya qilish hamda orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan olib borilgan ishlar tahlil etilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, yangi tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqining mavjud muammolarni bartaraf etish choralari va kelajakda amalga oshirilish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi oldida turgan dolzarb masalalar, shu jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganish, uyushmagan yoshlarni ijobiy muhitga qaytarish, yoshlarning ma’naviy tarbiyasi bo‘yicha maqsadli amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish, o‘zlarini namoyon etishlari uchun yoshlarga imkoniyatlar maydonini kengaytirish, ta’lim sohasidagi umummilliy davlat dasturlarining ijrosiga ko‘maklashish, bolalarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish va eng asosiysi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi navqiron avlod orasiga chuqur kirib boradigan muhim institutga aylanishi muhokama etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0