Onkolog: Saraton – bu keksalar kasali

Obuna bo‘lish
Inson organizmida yillar o‘tgan sari mutatsiya qilgan genlar soni ko‘payib boradi. Shuning uchun ham mamlakatda o‘rta yoshdan o‘tgan aholi soni qancha ko‘p bo‘lsa, saraton kasalligiga chalinganlar soni ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Yer shari aholisi qarimoqda. Bu ayniqsa rivojlangan mamlkatlar misolida yaxshi kuzatilmoqda, deydi "MEDSI" klinikasi onkologiya bo‘limi boshlig‘i Vladimir Lyadov.

Shifokorlar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar saraton shishini 90% ga yuq qilish usulini topishdi

Avvalombor, saraton – bu keksalar kasali.  U genlar mutatsiyasi (o‘zgarishi) oqibatida kelib chiqadi. Inson organizmida yillar o‘tgan sari mutatsiya qilgan genlar soni ko‘payib boradi. Shuning uchun ham mamlakatda o‘rta yoshdan o‘tgan aholi soni qancha ko‘p bo‘lsa, saraton kasalligiga chalinganlar soni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham aholining o‘rtacha yoshi katta bo‘lgan, rivojlangan mamlakatlada saraton kasalligiga chalinganlar soni ko‘p.

Rossiyada inson o‘limiga olib keladigan kasalliklar orasida birinchi o‘rinda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lsa tibbiy xizmatlar sohasi rivojlangan  Yevropa, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda bu – onkologik kasalliklardir.

Onkologik kasalliklarga qarshi samarali kurashishning iloji yo‘q. Shuningdek, ushbu kasallikka olib keluvchi sabablarni aniqlashning ham iloji yo‘q, lekin hozircha ma’lum bo‘lgan sabablar orasida birinchi o‘rinda chekish turadi. Chekish  rak kasalligiga chalinish ehtimolini 20 baravarga oshiradi.

Ikkinchi o‘rinda, rivojlangan mamlakatlar statistikasiga ko‘ra — semizlik va kam harakatlanishdir. Bular bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sabablardir. Semiz fuqarolarda metabolik yo‘llar buziladi. Organizmda yog‘ to‘qimalarining o‘sishiga sabab bo‘layotgan faktorlar saraton  o‘smalarining o‘sishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Onkolog: ojirenie mojet privesti k raku
Yangiliklar lentasi
0