TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. o‘n yil deganda birinchi marotaba o‘zbekistonliklar Issiq-Ko‘lga kelishdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston "Manas" aeroporti matbuot-xizmatiga tayangan holda.
4 Avgust 2016, 14:59
"Bugun Issiq-Ko‘lga Toshkentdan uchgan aviareys orqali 200 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar keldilar", — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Havo yo‘llari matbuot-xizmati ham 4-iyul kuni Toshkent-Issiq-Ko‘l-Toshkent yo‘nalishida charter reyslar amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
"Ushbu marshrut bo‘ylab charter parvozlar joriy yilning 29-avgustidan boshlab Boeing 757 avialaynerlarida haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi", — deyilgan Milliy aviakompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Havo yo‘llari Qirg‘izistondagi Issiq-ko‘lga parvozlar amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.