Toshkent – Issiq-ko‘l turistik poyezdi 16-avgustdan yura boshlaydi

Obuna bo‘lish
Kupe va plaskart vagonlardan tashkil topgan poyezdda turistlar qulayligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ushbu yilning 16-avgustidan boshlab har yakshanba kuni Toshkentdan Issiq-ko‘lgacha turistlar poyezdi qatnay boshlaydi, deb xabar qilmoqdaNovosti Uzbekistana” nashri.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  AJ tomonidan tashkil qilingan poyezd 451/452 raqami bilan harakatlanadi. Poyezd Toshkentdan 16,23,30 avgust kunlari soat 13:27 da yo‘lga chiqib, Ribachye bekatiga 17,24, 31-avgust kunlari soat 12:44 da yetib keladi.

Orqa yo‘nalishga poyezd 18, 25-avgust va 1-sentabr kunlari soat 02.55 jo‘naydi va Toshkentga 19, 26-avgust  va 2-sentabr kunlari soat  07:43 da yetib keladi. Poyezdda kupe, plaskart va vagon-restoranlar bor.

 

Yangiliklar lentasi
0