TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Britaniya Kolumbiyasi (Kanada) hukumati sakkiz oylik bolaga uning jinsi ko‘rsatilmagan tibbiy xaritani berishdi, deb xabar qildi Taym nashriga tayangan holda RIA Novosti.
Hujjatda "jinsi" degan joyida lotincha U harfi yozilgan bo‘lib, bu yoki "noaniq"(undetermined) yoki "belgilanmagan"(unassigned) degan ma’nolarni anglatishi mumkin.
Bolaning otasi, transgender Keri Dotining so‘zlariga ko‘ra, bu atay, bola kelajakda o‘z jinsini o‘zi belgilashi uchun qilingan. Doti Gender-Free ID Coalition tashkiloti a’zosi. Tashkilot Kanada sudlariga murojaat qilib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga "jinsi noaniq" deb yoziladigan hujjatlar berilishini talab qilish bilan shug‘ullanib keladi.