TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Germaniya Federativ Respublikasi parlamenti — Bundestag bir jinsli nikohlar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Parlamentning 393 nafar deputati qonunni ma’qullab ovoz berishgan bo‘lsa, qarshilar soni 226 nafarni tashkil qilgan.
Germaniya kansleri Angela Merkel jurnalistlarga qarshi ovoz berganini aytgan. "Nikoh masalasiga keladigan bo‘lsak, Asosiy qonunning oltinchi moddasida erkak va ayol o‘rtasidagi nikoh haqida gap borayotganiga ishonchim komil. Men ushbu aqidadan kelib chiqqan holda, bir jinsli nikohlar to‘g‘risidagi masalani "vijdon buyrug‘i" sifatida qabul qilishimiz kerak, deb o‘ylayman", — degan Merkel.
Dunyoning 21ta mamlakatida bir jinsli nikohlarni qayd qilishga rasman ruxsat berilgan.
Bular: Niderlandiya, Belgiya, Ispaniya, Kanada, JAR, Norvegiya, Shvetsiya, Portugaliya, Islandiya, Argentina, Daniya, Braziliya, Fransiya, Urugvay, Yangi Zelandiya, Lyuksemburg, AQSh, Irlandiya, Kolumbiya, Finlyandiya va Xitoy.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.