TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti o‘tkaziladi. Bu haqda TIVning matbuot xizmati eslatma berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda O‘zbekistonning xorijdagi barcha muassasalari va yaqinda ochilgan Tashqi ishlar vazirligining mintaqaviy vakolatxonalari rahbarlari videokonferensiya shaklida ishtirok etishadi. Tadbir Xalqaro press-klub maydonchasida bo‘lib o‘tadi.
"O‘zbekiston" va "My5" telekanallari jonli translyatsiya olib boriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga savol mualliflari, ekspertlar hamda milliy va xorijiy OAV vakillari taklif etiladi.
Savollarni tanlab olishda ko‘pchilikni bezovta qilayotgan murojaatlarga, jumladan "o‘tkir" murojaatlarga ustuvorlik beriladi.
TIV manzillariga kelib tushayotgan savollar teleekranning "yugurik satri"ga joylashtirib boriladi.
Barcha xohlovchilar, avvalgidek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni vazirning virtual qabulxonasi, shuningdek, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manzili, TIVning "Facebook"dagi rasmiy sahifasi va "Telegram"dagi kanali orqali berishlari mumkin. Murojaatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakuniga qadar qabul qilinadi. Barcha murojaatlarga javob qaytariladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.