Chimon - Chorvoq yo‘llariga ham kamera o‘rnatish kerakka o‘xshaydi...

© Voditeli TashkentaProbka po doroge v Charvak
Probka po doroge v Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ko‘chalarida kamera o‘rnatilganidan keyin, haydovchilar qanchalik tartibli bo‘lib qolishgan edi. Oldin chorraha o‘rtasiga borib to‘xtaydigan haydovchilar, kamera o‘rnatilganidan keyin svetofor chizig‘iga 3 metr joy qoldirib to‘xtaydigan bo‘lishgan edi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik.  "Chimon-Chorvoq  yo‘llariga ham kamera o‘rnatish kerakka o‘xshaydi…" deb yozgan quyidagi videoni suratga olgan “Voditeli Tashkenta” guruhi haydovchilaridan biri.

Guruh sahifasida joylashtirilgan videolavhada, tartibli haydovchilar bir qator bo‘lib turgan vaqtda ularning chap va o‘ng tomonidan ”hammadan ham ko‘p charchab, tezroq dam olishga shoshilayotgan" haydovchilar quvib o‘tmoqda. Vaholanki, chap tomonda qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtomobillar, o‘ng tomonda esa — xavfli yo‘l cheti va jarlik bor.

Rabota evakuatorov - Sputnik O‘zbekiston
Jarima to‘lamagan haydovchilar avtomashinadan mahrum bo‘lishadi

Video ostida qoldirilgan izohlarga ko‘ra, ko‘pchillik haydovchilar ushbu tirbandlik sababi — yo‘l qoidalarini pisand qilmaydigan haydovchilar deb hisoblaydi. “Voditeli Tashkenta” guruhi haydovchilari bundaylarni “tanish-bilish tufayli boshiga toj kiyganlar” yoki "otasining puliga beli og‘rimay mashina minib yurganlar”, — deb atashgan. 

Esingizda bo‘lsa, Toshkent ko‘chalarida kamera o‘rnatilganidan keyin, haydovchilar qanchalik tartibli bo‘lib qolishgan edi. Oldin chorraha o‘rtasiga borib to‘xtaydigan haydovchilar, kamera o‘rnatilganidan keyin svetofor chizig‘iga 3 metr joy qoldirib to‘xtaydigan bo‘lishgan edi.

Shunday vaqtda o‘ylanib qoladi kishi, balkim haqiqatdan ham kamera o‘rnatilsa, haydovchilar biroz tartibli bo‘larmidi? Balkim o‘shanda harakat ravon bo‘lib, tirbandliklar ham sodir bo‘lmasdi. Eng asosiysi – kamroq avariya bo‘lib insonlar umri uzunroq bo‘larmidi…

Yangiliklar lentasi
0