O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari 5 ballik baholash tizimiga o‘tishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr KondratukStudenti v meditsinskom vuze
Studenti v meditsinskom vuze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyevning aytishicha, o‘qituvchilar to‘qnash kelayotgan qog‘ozbozlik ta’lim muassasalaridagi asosiy muammolardan biriga aylangan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalarida bilimlarni baholashning besh balli tizimiga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubda vazirning birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev ma’lum qildi, deb xabar berdi nuz.uz.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, o‘qituvchilar to‘qnash kelayotgan qog‘ozbozlik ta’lim muassasalaridagi asosiy muammolardan biriga aylangan.

“Ma’lumki, bizda 100 ballik reyting tizimi amalda. Oraliq va yakuniy baholarni to‘ldirish esa ko‘p vaqtni talab qiladi. Hozirda biz odatiy besh ballik tizimga o‘tishni ko‘rib chiqayapmiz”, — dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.

O‘quv jarayon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliygohlarida yangi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda

Vazirlik kurashishi kerak bo‘lgan yana bir muammo bevosita aloqador bo‘lmagan shaxslar tomonidan ta’lim jarayonini nazorat qilishga urinishdan iborat.

“Avvallari hattoki vazirning auditoriyaga kirishga huquqi yo‘q edi, hozir esa tez-tez amalga oshirilayotgan tekshiruvlar mashg‘ulotlarni bo‘lmoqda”, deya tan oldi Dilmurod Nabiyev.

“Standartga ko‘ra mashg‘ulot 80 daqiqa davom etishi kerak. Shundagina talaba kerakli bilimlarni ololadi. Amalda esa mashg‘ulotlarni dekan yoki uning o‘rinbosari kirishi bo‘lmoqda, turli tekshiruvlar ham xalal bermoqda. Ular davomat, jurnal, o‘qituvchining ma’ruza matnini tekshirishadi. Talabaning yo‘qotilgan 15−20 daqiqasini hech kim qaytara olmaydi”, — deya ta’kidladi vazirlik vakili.

Yana bir muammo ma’naviy-ma’rifiy ishlar deb nomlanadi. O‘qituvchi ishdan tashqari vaqtlarda darsga kelmagan talabalar ortidan mahallalarga va uylarga borishga majbur.

“Biz buni tubdan o‘zgartirmoqchimiz. Bu prezident qarorida ham ko‘zda tutilgan. O‘qituvchi o‘z vazifasini bajarishi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi kerak”, — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0