TIVda Gruziya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9070968O‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish muddatlari rejasi muhokama qilingan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Tbilisidagi prezident saroyi gumbazida o‘rnatilgan bayroq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Gruziya bilan transport sohasida hamkorlik qiladi
"2017 yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida turli sohalarda O‘zbekiston-Gruziya muloqotini yanada mustahkamlash istiqbollari, jumladan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") loyihasi yuzasidan fikr almashildi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish muddatlari hamda turli darajalardagi boshqa tashriflar rejasi muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0