TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 2016-yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari David Djalagania boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilingan.
Muzokaralar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi hamda uni kengaytirish bo‘yicha takliflar batafsil ko‘rib chiqilgan.
Maslahatlashuvlarda Gruziya Elchisi Konstantin Jgenti ishtirok etgan.