Buxoroda kelgusi yildan ochiq yurakda operatsiyalar o‘tkaziladi

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishYurak operatsiyasi
Yurak operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil iyun oyi boshlarida O‘zbekistondagi shifokorlar Rossiyaning eng mashhur kardioxirurgi Leo Bokeriyadan master-klass olishgan edi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 2018-yilda katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklari bo‘yicha ochiq yurakda operatsiyalar joriy qilinadi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati. Bu haqda 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan hokimlik soati yig‘ilishida aytib o‘tilgan.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2017-yilda stenozlar va anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash bo‘yicha davolash usullari hamda 2018-yilda katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklari bo‘yicha ochiq yurakda operatsiyalar joriy qilinadi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, jori yil iyun oyi boshlarida Rossiyadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi markazi direktori, akademik L.A.Bokeriya O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida Leo Bokeriya o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazib, mamlakat kardiojarrohlari uchun master-klass ko‘rsatgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0