TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Saudiya podshosi Salmon ibn Abdul Aziz Al Saud Gamburgda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etishdan voz kechdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ilgariroq Sueddeutsche Zeitung gazetasi Saudiya podshosi Qatar atrofida avj olgan so‘nggi hodisalar tufayli sammitda qatnashishdan voz kechganligi haqida xabar tarqatgandi. Shuningdek, sammitda Saudiya Arabistonidan mamlakat Moliya vaziri Muhammad Al-Jadaan qatnashishi qo‘shimcha qilingan edi.
"Biz bu borada rasmiy bildirish olganimizni tasdiqlashim mumkin", — deb aytgan Zaybert brifing davomida. Ammo u saudiyachilar podshosi nima uchun sammitda ishtirok etishdan voz kechgani sababini ochiqlamagan.
Zaybert, shuningdek, Saudiya Arabistonidan ushbu sammitda kim qatnashishi Germaniya tomonga ma’lum emasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, "Katta yigirmatalik" (G20) sammiti Germaniyaning Gamubrg shahrida 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.