Saxarovodagi Migratsiya markazi o‘z saytida o‘zbek tilida ma’lumotlar joyladi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishSaxarovodagi migratsiya markazi
Saxarovodagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saxarovoda joylashgan ko‘pfunksional migratsiya markazi mehnat muhojirlariga qulaylik yaratish maqsadida o‘z saytida ma’lumotlarni beshta tilda joyladi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Saxarovadagi Migratsiya markazi migrantlar qulayligi uchun patent olish to‘g‘risida ma’lumotlarni 5ta tilda joylaganini ma’lum qildi.

Endilikda saytning Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida patentni rasmiylashtirishga doir barcha ma’lumotlarni rus, o‘zbek, tojik, ozarbayjon va moldova tillarida o‘qish mumkin.

Saytda eng so‘nggi muhim ma’lumotlar, patent olish uchun hujjatlar qancha muddatda topshirilishi zarurligi, patent rasmiylashtirilishi tartibi, ikkinchi marta patent olish va boshqa ko‘plab ma’lumotlar sof o‘zbek tilida joylashtirilgan.

Misol uchun markazi O‘zbekiston fuqarolari 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab patent rasmiylashtirish uchun faqat biometrik pasport taqdim etishlari shartligi haqida eslatib o‘tgan.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun shuningdek, patentni to‘lash qay tarzda amalga oshirilishi va patent to‘langanligini qay tarzda tekshirish mumkinligi haqida ham o‘zbek tilida ma’lumot taqdim etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0