Limonchilik va parrandachilik uchun 4 mln oilaga kreditlar beriladi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishLimon yetishtirish
Limon yetishtirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maqsadda mamlakat dehqon va fermerlarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Xususan, 3-yil davomida 10 mingdan ortiq sitrus o‘simliklari ko‘chatlari va 85 ming jo‘ja yetkizib berishni rejalashtirilgan.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portalida  Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra 2017-2019  yillarda xususiy dehqon xo‘jalikarida qo‘shimcha sitrus mevalari va parrandachilik mahsulotlari yetishtirish ko‘zda tutilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy dehqon xo‘jaliklarida yuqorida ko‘rsatilgan xo‘jalik ishlari bilan 2 mln 200 ming oila shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda limon va yong‘oq hosildorligi oshiriladi

Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni dehqon va fermerlardan sotib olish uchun tumanlarda agrofirmalar tashkil qilinadi.  

Ushbu maqsadda mamlakat dehqon va fermerlarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Xususan, 3-yil davomida 10 mingdan ortiq sitrus o‘simliklari ko‘chatlari va 85 ming jo‘ja yetkizib berishni rejalashtirilgan.  

Shuningdek, teplitsalar qurish va parranda saqlashga sharoit yaratish uchun muddati 5-yil bo‘lgan kam foizli imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan. Parrandachilik uchun ajratilayotgan kreditlar muddati esa 3-yilni tashkil qiladi.

Dehqon va fermer xo‘jaliklariga ajratilgan bank kreditlari sug‘urta kompaniyalari tomonidan kafolatlangan bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun Hukumat maxsus qaror qabul qilib, sug‘urta hamkorliklari tashkil qilishni rejalashtirgan. Bunday hamkorlikning bir a’zosi kafolatlangan mablag‘ni to‘lay olmasa boshqalari to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ayni damda loyiha Normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portalida  17-fevralgacha muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0