Qirg‘izistonlik haydovchilarga milliy guvohnoma bilan ishlashga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishC 1-iyunya vstupil v silu zapret na rabotu dlya voditeley, ne imeyushix rossiyskix prav
C 1-iyunya vstupil v silu zapret na rabotu dlya voditeley, ne imeyushix rossiyskix prav - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar qirg‘izistonliklar uchun o‘z milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlash imkoniyatini taqdim etishni so‘rab Rossiya prezidentiga murojaat qilishmoqda

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyada o‘z milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlashlari ehtimoli mavjud. Prezident Vladimir Putinga bu boradagi murojaat jo‘natildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston RIA Novostiga asoslanib.

Uchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bo‘lajak mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi ochiladi

Ushbu hujjat tashabbuskori Davlat dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasidir. Hujjat mualliflarining eslatishicha, Rossiyada 1-iyundan boshlab xorijiy milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari asosida transport vositalari orqali tadbirkorlikni amalga oshirish taqiqlandi. Qirg‘iziston keyinroq YeOIH a’zosi sifatida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasiga murojaat qildi.

Murojaat loyihasi mualliflarining ta’kidlashlaricha, Qirg‘iziston konstitutsiyasida rus tilidan rasmiy til sifatida foydalanilishi belgilab qo‘yilgan.

"Bu esa Qirg‘iziston fuqarolari rus tilini, xususan yo‘l harakati qoidalarini ushbu tilda yaxshi bilishlarini anglatadi", — deyiladi hujjatda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Davlat dumasi deputatlari qirg‘izistonliklar uchun o‘z milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlash imkoniyatini taqdim etishni so‘rab Rossiya prezidentiga murojaat qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0