TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. 2017-yil oktabrida O‘zbekistonning Forish poligonida Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi, polkovnik Yarovslav Roshchupkinga asoslanib xabar berdi.
"Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari 2017-yil oktabrida O‘zbekistonning Forish poligonida bo‘lib o‘tadi", — dedi Roshchupkin.
Ilgariroq O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari delegatsiyalarining Toshkentdagi uchrashuvida hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib olingandi.
Qayd qilinishicha, 2017-yil oxiriga qadar ikki mamlakat o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik, hamkorlikdagi taktik mashg‘ulotlar va boshqa tadbirlar borasida shtab muzokaralari o‘tkaziladi.