Yana bir yosh yigit nufuzli lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turin politexnika universitetining 25 yoshli magistranti Olimjon To‘ychiyev nufuzli lavozimga tayinlandi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq To‘ychiyev Olimjon Alijonovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Prezident topshirig‘i bilan 23 yoshli yigit vazir o‘rinbosari bo‘ldi

To‘ychiyev agentlikdagi Texnologiyalar trensferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish, Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

© Mejdunarodniy press-klubFan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev
Zamestitel gendirektora Agentstva po nauke i texnologiyam Olimjon Tuychiyev  - Sputnik O‘zbekiston
Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev

Olimjon To‘ychiyev 25 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistratura bosqichida tahsil olib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda prezident 23 yoshli Alisher Sa’dullayevni O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlagandi.

Yangiliklar lentasi
0