O‘quvchilar va ota-onalar kollej o‘qituvchilari ustidan ariza yozishdi

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni saqlash organlari Yunusoboddagi kompyuter texnologiyalari kolleji (sobiq Kalanov nomli) o‘quvchilarining ota-onalaridan bolalarni kaltaklash haqida ariza qabul qilishdi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Kollej o‘quvchilari va ularning ota-onalari Toshkent IIBBning voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limiga 50 kishi imzolagan arznoma topshirishdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.

Kollej - Sputnik O‘zbekiston
Qator kollej va litseylarda hujjatlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatildi

IIBB xodimi Ulug‘bek Mahkamov aytishiga qaraganda, kollejda haqiqatdan ham kaltaklash hollari sodir bo‘lgan bo‘lsa, buni darhol tibbiy muassasada tasdiqlash  kerak edi. O‘shanda bu jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lardi. Hozircha barcha ayblovlar bolalarning ko‘rsatmalariga asoslangan, dedi IIB xodimi.

Huquni saqlash protsedurasiga ko‘ra, arznomaga imzo qo‘ygan bolalar ota-onalari ishtirokida ko‘rsatma berishadi. Undan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik ma’lum bo‘ladi.   

Ota-onalar aytishiga qaraganda, bolalar ularni kaltaklashayotgani haqida vaqtida aytishmagan, chunki buning oqibatlaridan qo‘rqishgan.

O‘z navbatida, kollej direktori va uning ikki o‘rinbosari bolalar va ota-onalarni tuhmatda ayblab, ularga qarshi ariza berishgan.

Yangiliklar lentasi
0