Qator kollej va litseylarda hujjatlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatildi

© Sputnik / \StringerKollej
Kollej - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9-sinf bitiruvchilari ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari hisob-kitob qilinganidan so‘ng maktablarda 10-11 sinflar ochilishi masalasi ma’lum bo‘lishi ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning qator kasb-hunar kollej va akademik litseylarida 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatildi, deb xabar qildi Uz24.uz O‘rta maxsus ta’lim markaziga tayangan holda.

Uz24.uz Buxoro, Farg‘ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridagi qator kollej va litseylar bilan bog‘langan va vazirlikdan tegishli buyruq kelmagani sababli hozircha bitiruvchilar hujjatlar qabul qilinmayotgani to‘g‘risidagi javobni olgan. Nashr shu bilan birga Samarqand, Qarshi va Nukusdagi alohida kollejlarda bitiruvchilardan hujjatlarni qabul qilish davom etayotgani haqida xabar qilgan.

Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi
"O‘rta maxsus ta’lim Markazi vakilining so‘zlariga ko‘ra, har yili hujjatlarni qabul qilish 20-30 iyun kunlari o‘tkazilgan. Bu yili 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari o‘rtasida ta’limni 11-yillikka qaytarish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov yakunlari hozircha noma’lumligi sabab kollej va litseylar hujjatlarni qabul qilmayapti", — deyiladi xabarda.

"Qonun bilan shahodatnomalar maktab o‘quvchilari qo‘liga topshirilmaydi, ular maktabda saqlanadi. Maktablarda 10-11 sinflar ochilishi bo‘yicha so‘rov natijalari ma’lum bo‘lishi bilan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi", — qo‘shimcha qilgan markaz vakili.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining nashrga xabar berishicha, o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qishni xohlagan bitiruvchi maktabga kelib, o‘qituvchi bilan birga tanlagan kollej yoki litseyiga hujjat topshirishi mumkin. Avvalgi yillarda hujjatlarni qabul qilish 30-iyunga qadar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda muddat uzaytirilishi mumkin.

"Hozirda biz 9-sinf bitiruvchilarining ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini tahlil qilmoqdamiz. Natijalar hisob-kitob qilinganidan so‘ng maktablarda 10-11 sinflar ochilishi masalasi ma’lum bo‘ladi", — deb aytishgan vazirlik matbuot xizmatidagilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0