TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-iyundagi farmoniga asosan, Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Botir Qudratxo‘jayev o‘tgan yilning avgustida Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2017-yil 29-maydagi farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro burosi tashkil etilgan edi.
Yangi buro sud qarorlarini ijro etish, kommunal to‘lovlar tizimida to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.