Yoshlar ittifoqi rahbari O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi vazifasida ishlaydi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib boradi, shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlanadi

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tashkil qilingan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotining huquqiy maqomi, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini, obro‘-e’tiborini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston rahbari matbuot-xizmati.

Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Kamolot tugatildi, Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar"ga rahbar bo‘ldi
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlanadi.

Tashkilotning Qoraqalpog‘istondagi kengashi raisi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi raisining, viloyat, tuman va shahar bo‘linmalarining rahbarlari esa tegishli hokimlarning yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchilari etib tayinlanadi.

Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" YoIH IV qurultoyida so‘zlagan nutqida "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish nainki Prezident devoni, balki barcha bo‘g‘indagi davlat organlari rahbarlarining doimiy ishiga aylanishi zarur. Bundan buyon bu sohada aniq tizim asosida ish olib boramiz", — deya alohida qayd etib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, joylarda viloyat, tuman va shahar hokimlari, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tashkilotlari yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yadilar, ularning oldida muntazam ravishda hisobot berib boradilar.

"O‘zbekiston yoshlar ittifoqining joylardagi kengashlari raislari va faollari albatta saylovlarda ishtirok etib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, kerak bo‘lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanadi", — deb ta’kidladi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi etib Qahramon Quronboyev saylandi.

Yangiliklar lentasi
0