TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent aeroportida xalqaro terminal qurilishi shu yil boshlanadi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati.
“Toshkent-4” yangi aeroport terminali maydoni 87 ming kvadrat metrni, o‘tkazish imkoniyati esa — soatinga 1,5 ming yoki yiliga 5,7 million yo‘lovchini tashkil qiladi.
Terminal to‘rt qavatdan iborat bo‘lib unda bir vaqtning o‘zida 36 samolyotga chiqish perronlari mavjud bo‘ladi. Osmondan qaraganda terminal qanotlarini yoygan Xumo qushiga o‘xshagan bo‘ladi. Terminal qurilishiga uch yil vaqt ketadi.
"Toshkent-4" terminali texnik-iqtisodiy asosi Koreya Xalqaro hamkorligi tashkiloti granti evaziga amalga oshirilgan. Loyihani tayyorlash vaqtida MAK va koreyalik mutaxassilar aeroport infraqurilmasining bugungi holati va kelajakdagi talabni hisobga olishgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yangi terminalning ishga tushirillishi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini eng zamonaviy xalqaro aeroportlar standartiga yetkizish va aviaqatnovlarga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi. Undan tashqari yangi port O‘zbekistonga turistlar oqimini oshirishga ham xizmat qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, yangi terminal qurilishi munosabatti bilan aeroport atrofida 540 hovlida yashayotgan 1400 oilalar boshqa manzillarga ko‘chirilishi kerak. Aviakompaniya direktorining so‘zlariga qaraganda ularning barchasiga teng maydonli turar joy yoki kompensatsiya to‘lanadi.