TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Jazoir O‘zbekiston mahsulotlarini Afrika va Yevropa bozorlariga olib chiqish bo‘yicha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar berdi.
"O‘zbekiston Jazoirning Markaziy Osiyo hududida muhim sherigi hisoblanadi. Jazoir so‘ngi yillarda O‘zbekiston kabi ko‘p sohalarda muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston mahsulotlariga Jazoirning 40 mln aholisi bo‘lgan yirik bozoriga olib chiqish mumkin. Shuningdek, jo‘g‘rofik joylashuvi hususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlarimizni Afrika va Yevropa bozorlariga olib chiqishni taklif qildi", — deb ta’kidladi Jazoir Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Naser Busherit.
O‘zbekiston-Jazoir bir-biridan jo‘g‘rofik jihatdan uzoqda bo‘lganligiga qaramasdan, ikki davlatda ulkan imkoniyatlarga mavjud va ularni amalga oshirish darkor.
"Jazoir hukumati 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qiziqish bilan kuzatib bormoqda va kelgusida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan", — deb qo‘shimcha qildi Busherit.
Eslatib o‘tamiz, Jazoir va O‘zbekiston har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2016-yil oktabr oyida Toshkent shahrida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida hamkorlik qilish va siyosiy maslahatlashuv bayonnomasi imzolangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.