TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Samarqandda "Inturist" mehmonxonasi buzilmoqda, deb xabar qildi stv.uz.
Qachonlardir o‘ta qulay deb hisoblangan, o‘tgan asrda barpo etilgan mehmonxona bugungi kunda zamon talablariga mutlaqo javob bermay qo‘ygani aytilmoqda. Shu bois, binoni buzish taklifi yaqinda Samarqand viloyatiga uyushtirgan safarida Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan edi.
Mehmonxonani buzish ishlari o‘n kundan buyon "Buran quruvchi servis" qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Viloyat hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish tashkilotlaridan turar joy binosi, favvorali bog‘ qurish kabi takliflar kelib tushmoqda. Shuningdek, mehmonxonani qaytadan qurish taklifini bildirganlar ham bo‘lgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.