TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. BMT bosh kotibi sakkizinchi iyun kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar markazi.
To‘qqizinchi iyun kuni Antoniu Guterresh Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi va ShHT majlisida so‘zga chiqadi.
10 iyun kuni esa bosh kotib Samarqandga keladi hamda O‘zbekiston rahbari bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida esa Guterresh Nukusga boradi hamda Orol dengizidagi kemalar qabristoniga tashrif buyuradi.
Ertasi kuni bosh kotib Qirg‘izistonga, 12-iyun kuni esa Tojikistonga borishi rejalashtirilgan. Guterreshning safari 13-iyun kuni Turkmanistonga tashrif buyurish bilan nihoyasiga yetadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.