Toshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi

© MVD UzbekistanaToshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi
Toshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 70 ta shahar ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi belgilangan

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Poytaxtda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsiyasi 2018-yildan boshlab maxsus xonalarda tergov qiladi
"Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5005-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 70 ta shahar ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi belgilangan.

Shu asosida bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor A.A.Azizov poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-sonli shahar ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurib, ushbu bo‘limning tantanali ochilishida qatnashdi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, u yerda bo‘lim boshlig‘i, navbatchilik qismi xodimlari, profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektorlari, surishtiruvchi, jinoyat qidiruv tezkor vakillari, pasport inspektori faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Ochilish marosimida tuman faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

© MVD UzbekistanaNovie otdeleniya MVD v Tashkente
Novie otdeleniya MVD v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Novie otdeleniya MVD v Tashkente

Bundan tashqari ichki ishlar Vaziri shu tumanning 5-sonli hamda Olmazor tumanidagi 13 va 14-sonli shahar ichki ishlar bo‘limlariga ham tashrif buyurdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0