TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston yaqin uch yil ichida Xitoyga yillik gaz yetkazib berish hajmini 10 milliard kub metrgacha yetkazmoqchi, dedi "O‘zbekneftegaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov.
Uning aytishicha, bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Xitoyga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan o‘rta muddatli kelishuvda ko‘zda tutilgan.
"Tashrif davomida imzolangan kelishuv yirik shartnoma doirasida gaz hajmini tasdiqlash bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan o‘rta muddatli hujjatdir. Biz Xitoy tomoni bilan 2018, 2019 va 2020-yillarda eksport hajmini yiliga 10 mlrd kub metrgacha yetkazish haqida kelishib oldik", — dedi Sultonov.
Xitoy bojxona organlarining statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yili Xitoyga 2,73 million tonna gaz yetkazib bergan.