O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt puli oshirilmaydi

Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakat oliy ta’lim maskanlarida kontraktlar narxi bu yil oshirilmasligini e’lon qildi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekistonda tez orada oliy o‘quv yurtlarida shartnoma puli oshirilishi haqida gap-so‘zlar tarqala boshlagan edi. Ammo Oliy ta’lim vazirligi bu mish-mishlarga raddiya berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
2021 yilgacha O‘zbekiston oliygohlariga talabalar qabul qilish 18%ga oshiriladi
Qayd etilishicha, bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi qarorida aytib o‘tilgan. "2017-2018 yillarda oliy o‘quv yurtlarida (bakalavriat, magistratura) o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori 2016-2017 yillardagidek bo‘ladi",- deya qayd "etilgan qarorda.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.

Sal oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 393-sonli qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorda abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0