Toshkentda bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Tadbir 1995-yilda YuNESKO tomonidan e’lon qilingan Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Toshkentda "Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi" mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti hamda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Anjuman har yili turli konfessiyalarning vakillarini birlashtiradi, deb yozadi "Jahon" AA. Tadbir 1995-yilda YuNESKO tomonidan e’lon qilingan Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.

BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasida har bir kishi fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega ekanligi qayd etilgan. Bu huquq va erkinliklar O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham aks etgan.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng toqatli mamlakat deb tan olindi

"Bag‘rikenglik bu turli xalqlarning xilma-xil fikrlari, qarashlari va madaniy xususiyatlarining uyg‘unligi demakdir. Yoshlarimizni mazkur asoslar qanday paydo bo‘lgani, ularni qanday asrash lozimligini aytgan holda tarbiyalashimiz lozim", — deb ta’kidladi inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, professor A. Saidov.

U o‘z sahifalarida madaniyat markazlarining serqirra ishlarini aks ettirgan "O‘zbekiston — umumiy uyimiz" albom kitobi chop etilganligini bildirdi.

"Bag‘rikenglik mamlakatlar orasidagi uzoq va mustahkam aloqalar rivojining asosiy omili bo‘lishi mumkin. U befarqlik degani emas. Aksincha, unda millatlar, xalqlar va konfessiyalarga nisbatan daxldorlik hissi mujassam", — deydi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari K. Pikkat.

Yangiliklar lentasi
0