TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida" 2017-yil 20-apreldagi qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etildi.
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida e’lon qilindi.
— transport tizimlari va yo‘llari hamda ularning ekspluatatsiyasi, kimoviy texnologiya, bino va inshootlar qurilishi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
— iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinab ko‘rish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
— xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
— qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida texnika sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi ta’kidlangan.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklatilgan.