Umra ziyoratchilari O‘zbekistonga qaytdi

© religions.uz"Umra - 2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilari O‘zbekistonga qaytmoqda
Umra - 2017 Ramazon mavsumi ziyoratchilari O‘zbekistonga qaytmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyati, shifokorlarning xush muomalaliligi, oshpazlarning milliy taomlarni tayyorlashda mahorati - hammasi o‘z vaqtida, joyida bo‘ldi", deb aytgan ziyoratchilardan biri

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 28-iyun kuni kechqurun o‘zbekistonlik "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilari Vatanga sog‘-salomat qaytdilar, deb xabar qildi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot-xizmati.

Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Hajga kvotalar soni yana to‘rt mingtaga oshirildi
"Ziyoratchilarni kutib olish Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirildi. Ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar", — deyiladi xabarda.

"Avvalambor, bunday xayrli ishlar boshida turib, biz kabi ziyoratchilarga alohida e’tibor qaratib kelayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga o‘z tashakkurlarimizni bildiramiz. Ziyoratchilar ibodatlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bunday tartib bilan tashkil etilgan ziyorat faqat tahsinga sazovor. Ishchi guruhning joylardagi harakatlari, guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyati, shifokorlarning xush muomalaliligi, oshpazlarning milliy taomlarni tayyorlashda mahorati — hammasi o‘z vaqtida, joyida bo‘ldi. Biz Yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab muborak qadamjolarda duolar qildik", — deb aytgan Haj ziyoratidan qatygan xorazmlik Shirin Matkurbanova.

Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 29-iyun kuni Toshkentga qaytib keladilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0