TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Xitoy chorshanba kuni o‘zi ishlab chiqargan esminesni suvgsha tushirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy markaziy televideniresiga tayangan holda.
Xabarda qayd etilishicha, tantanali marosim ertalab Shanxayda, Jiangnan Shipyard kompaniyasiga qarashli kemasozlik korxonasida bo‘lib o‘tgan.
Suv sig‘imi 10 ming tonnalik "005" rusumli ushbu esmines Xitoy esmineslari orasida yangi avlod eskadra minatashuvchisi sifatida tanishtirilgan.
Kema havo hujumiga qarshi, raketa hujumiga qarshi, kema hujumiga qarshi va qayiqlar hujumiga qarshi majmualar bilan jihozlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.