MDH ichki ishlar vazirlari uchrashuvi Dushanbeda bo‘lib o‘tmoqda

© MVD RTVstrecha ministrov vnutrennix del SNG v mejdunarodnom aeroportu Dushanbe
Vstrecha ministrov vnutrennix del SNG v mejdunarodnom aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majlisida ichki ishlar vazirlari tezkor qidiruv faoliyatida o‘zaro hamkorlik masalalarini, xalqaro terrorchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va huquqni saqlash borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugun Dushanbeda MDH mamlakatlari  IIV Kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston IIV matbuot xizmatiga asosan.

IIVK majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga Ozarbayjon, II vaziri general-polkovnik Ramil Usubov, Belarussiya II vaziri  militsiya general-leytenanti Igor Shunevich, Qozog‘iston II vaziri — politsiya general-polkovnigi Kalmuxanbet Kasimov, Qirg‘izistondan militsiya polkovnigi Ulan Isroilov, Rossiyadan politsiya generali Vladimir Kolokolsev va O‘zbekistondan general-mayor Abdusalom Azizovlar kelishgan.

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
IIV qidiruvdagi terrorchilar haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqda joylashtiradi

Majlisida ichki ishlar vazirlari jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor qidiruv faoliyatida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro terrorchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va huquqni saqlash borasidagi boshqa qo‘shma tadbirlar haqida oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi masalalari muhokama qilinadi.

Kelajak izlanishlari markazi rahbari Sergey Masaulov aytishiga qaraganda, ekstremizmga qarshi kurash uchun MDH hududida ancha jiddiy choralar ko‘rilmoqda, MDHning aksariyat mamlakatlarida siyosiy ekstremizm xavfini to‘xtatishga kuchi yetadigan siyosiy tizimlar shakllangan.

"MDH hududida yoshlarni siyosiy maqsadda ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ayrim xavfli hududlar mavjud. Bu borada o‘z mamlakatidan emas Rossiya yoki boshqa joydan ish izlashga majbur bo‘layotgan Markaziy Osiyo yoshlarining ahvoli juda qaltis. Yoshlar siyosiy ekstremizmdan terrorizm tomonga o‘tib ketmoqda. Eng xavfli vaziyat — mana shu yerda. Shu yerda darhol  ish boshlash kerak", — dedi ekspert.

MDHda davlatlar va tashkilotlar tomonidan ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan jiddiy qadamlar qo‘yilmoqda. Fuqarolik jamoasini birlashtirishga qaratilgan jiddiy ishlar qilinmoqda. Diniy tuzilmalar bilan ishlovchi  maxsus tashkilotlar yaratilgan. Ushbu ishning samarasi hali ko‘rinmayotgan bo‘lsada, lekin ish olib borilmoqda.

Rossiya Federal Jazo O‘tash Xizmati (FSIN) boshlig‘i o‘rinbosari Valeriy Maksimenko MDHda ekstremizm va terrorizm uchun sudlangan va qamoqqa olingan shaxslarning yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qilinishini va bu ularni jinoiy jazoga tortish masalalarini yanada samaraliroq hal qilishini ta’kidladi. Terrorchi va ekstremistlar ma’lumotlar bazasi FSIN va MDH Aksilterror Markazi bilan hamkorlikda 2017-yilda ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0