Xitoy mamlakat tarixida birinchi marta internet-sud tashkil etilishini ma’qulladi

© AP Photo / Andy WongXitoy xalq respublikasi bayrog‘i
Xitoy xalq respublikasi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi internet-sudda faqatgina kiberjinoyatlar bilan bog‘liq ishlar ko‘rilishi aytilmoqda

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan 36-sessiyasi davomida mamlakat tarixida birinchi marta internet-sud tashkil etilishi rejasi tasdiqlandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Kiberhujumlarga qarshi qiruvchi aviatsiya yordamida zarbalar berilishi mumkin
Xabarga ko‘ra, Xitoydagi ilk internet-sud Chjenszan provinsiyasining Xanchjou shahrida paydo bo‘ladi. Sudda faqatgina kiberjinoyatlar bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqiladi.

Shahar sud tizimi kiberjinoyatlar bilan bog‘liq ishlarni olib borayotgani, ular soni esa kundan-kunga ortib borayotgani ta’kidlangan. Misol uchun, 2013-yilda sud bu kabi 600ta ishni ko‘rib chiqqan bo‘lsa, o‘tgan yilda ularning soni 10 mingdan oshib ketgan.

Internet-sud, shuningdek, onlayn-savdodagi firibgarlik ishlari bilan bog‘liq ishlarni, onlayn tarzda tuzilgan qarzdorlik shartnomalarini hamda internetda mualliflik huquqlari buzilishi holatlari bilan bog‘liq ishlar bilan ham shug‘ullanishi qo‘shimcha qilingan.

Sud bilan bog‘liq jarayonlar ariza berilgan kundan boshlab sud saytida olib boriladi, deyilgan xabarda. Sud hukmi esa real vaqt rejimida videotranslyatsiya orqali o‘qib eshittiriladi.

Ushbu sud qaysi kundan boshlab arizalarni ko‘rib chiqishni boshlashiga aniqlik kiritilmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0