TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Moskvada Qirg‘iziston fuqarosini zo‘rlashdi, hodisada qirg‘izistonlik yigit gumonlanmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.
"Rossiyadagi Qirg‘iziston Respublikasi vakolatxonasiga 28 yashar qizga nisbatan zo‘ravonlik uyushtirilgani haqida tezkor xabar kelib tushdi. Ushbu jinoyatda gumonlanayotgan yigitlar, ya’ni hamurtlari qizni qattiq qo‘rqitishgani uchun jabrdiyda avvaliga huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozishdan keskin bosh tortgan", — deyiladi xabarda.
"Parkda yigitlardan biri kuch ishlatish yo‘li bilan qizni zo‘rlagan. Qolgan yigitlar bu vaqtda yuz berayotgan hodisani telefon kamerasi yordamida suratga olganlar va agar jabrdiyda huquq-tartibot organlariga murojaat qiladigan bo‘lsa, videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitishgan", — deyiladi militsiya xabarida.
Qiz bilan o‘tkazilgan suhbat davomida jarbdiyda ariza yozishga ko‘ndirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib Jalolobod viloyatining So‘zoq tumanidan bo‘lgan 33 yashar yigit hibsga olingan. Yana ikki kishini qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.