TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 27-iyun kuni Tojikistonning taniqli shoirlaridan biri O‘lmas Jamol vafot etdi. Tojikiston Respublikasi hukumatining o‘zbek tilidagi nashri — "Xalq ovozi"ga ko‘ra, "Ӯlmas Jamol — ikki birodar — ӯzbek va tojik xalqlarining elchiligini ӯz zimmasiga olgan" shoir edi.
Jumladan, Anvarmirzo Xusainov o‘zbek shoiri Jamol Kamol va o‘zi nomidan O‘lmas Jamol oilasiga chuqur hamdardlik bildirib o‘tdi.
"O‘lmas Jamolni joylari jannatda bo‘lsin. O‘zbek va tojik adabiyotlarini birlashtirib turgan ko‘priklardan biri edi O‘lmas Jamol. U kishining to‘rt jildlik saylanma asarlari kitobiga o‘zbek shoiri Jamol Kamol "Tiniq shaxsiyat — dilrabo she’riyat" sarlavhali kirish so‘zi bitgan. Ushbu maqolani keyinrok e’lon qilaman. Marhum shoirni ahli oilasiga yoru do‘stlari va muxlislariga Jamol Kamol va men chuqur ta’ziya bildiramiz", deb yozgan Anvarmirzo Xusainov.