TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Tojikistonlik shoir — O‘lmas Jamol vafot etdi, deb xabar qildi o‘zining Feysbukdagi sahifasida Ozod Meliboyev.
"Ӯlmas Jamol tojik va ӯzbek mushtarak adabiy muhitining axloqiy meyorlari bilan yaxshi tanish bӯlgan va ularga hayotida hamda she’rlarida rioya qiladigan shoirdir.
Agar yaxshi shoir ӯz millatining jamiyat oldidagi elchisi bӯlsa, Ӯlmas ikki birodar — ӯzbek va tojik xalqlarining elchiligini ӯz zimmasiga olgan", deb yozgan edi shoir haqida bir vaqtlar Tojikiston Respublikasi hukumatining o‘zbek tilidagi nashri — "Xalq ovozi".
"Shoir O‘lmas Jamolning joyini jannatdan ato etsin Yaratgan Egam! Menga Ulmas Jamol sabr-tokat timsolidek tuyulardi. Negadir, u kishi ortmoklab ketayetgan yukni kutarishga inson bolasi kodir emas deb uylardim!", deb yozgan Ozod Meliboev.
"Oxiratlari obod bo‘lsin. Tojikistondagi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan, sermahsul vakili edilar", — deb yozgan Yusuf Rasul.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.