TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati bojxona xodimlari Rossiyadan uchib kelgan fuqaroning qo‘l yuklarini ko‘rikdan o‘tkazganda 7 ta hashamdor to‘y ko‘ylaklari borligini aniqladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.UZ nashri.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi S.Olimov bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rov vaqtida ushbu tovarlar mavjudligini ma’lum qilmagan. Kontrabanda yuklar rentgendan o‘tkazilgan vaqtda aniqlangan.
Ekspertlar qimmatbaho toshlar bilan nafis va zamonaviy uslubda bezatilgan to‘y liboslarini 11 mln so‘mga baholashgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.