O‘zbekistonning eng mashhur sportchilari o‘z murabbiylik maktablarini ochadi

© Laurent KALFALA / AFPUzbekskiy bores (v sinem) Abdullo Tangriyev
Uzbekskiy bores (v sinem) Abdullo Tangriyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qabul qilinadigan prezident qaroriga asosan, sobiq sportchilar qisqa vaqt ichida murabbiylik kurslaridan o‘tib litsenziya olishlari mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning eng mashhur sportchilari, sportdagi faoliyati yakunlanganidan keyin o‘z shaxsiy maktablari ochishga imkoniyat yaratib beriladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashriga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu borada prezident qarori ishlab chiqilmoqda.

"Sobiq sportchilar qisqa vaqt ichida murabbiylik kurslaridan o‘tib litsenziya olishlari mumkin bo‘ladi. Masalan Buxoroda allaqachon Abbos Atoyev va Rishod Sabirovning maktablari ochilgan, Andijonda  bokschi O‘tkir Haydarov maktabi ochilgan. Kelajakda har bir viloyatda shunday maktablar ochiladi. Bu yoshlarni yanada ko‘proq sportga jalb qilish imkonini yaratadi", — dedi Qo‘mita vakili.

Bundan oldin, mahalliy OAVlar O‘zbekistonlik mashhur dzudochi va kurashchi Abdulla Tangriyev  o‘z sport karyerasini yakunlaganidan so‘ng o‘z murabbiylik maktabini ochmoqchi ekanini ham xabar qilgan edi.

Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
Odil Axmedovning futbol akademiyasiga qabul boshlandi

"Mamlakatda juda qobiliyatli yosh avlod o‘smoqda, ular bilan ishlashni istayman. Kelajakda avval Toshkentda, keyin viloyatlarda o‘z maktabimni ochmoqchiman. Buni hali ko‘p marotaba o‘ylab ko‘rish kerak, lekin bu mening orzuim. Olimpiya chempionlarini tayyorlaymiz", — degan edi Tangriyev.

Shuningdek, Sputnik yaqinda o‘zbekistonlik mashhur futbolchi Odil Ahmedovning Namangandagi futbol maktabiga birinchi qabul boshlangani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0