TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 51 korxonani, xususiylashtirishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.
Ushbu ro‘yxatga o‘zbekiston eng yirik oltin va yagona uran qazib oluvchi korxonasi — "Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati", mamlakatda yagona mis ishlab chiqaruvchi korxona — "Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati", "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" hamda "O‘zbekneftegaz" va uning besh sho‘’ba korxonalari kiritilgan.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatga "O‘zbekenergo" AJ, "O‘zbekgidroenergo" AJ, Milliy bank va Xalq banklari, Respublika nafaqa fondi, "O‘zbekiston Havo yo‘llari", barcha aeroportlar va "O‘zbektelekom" milliy aloqa operatori kiritildi.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev 341tadan iborat bo‘lgan davlat mulki ro‘yxatini imzoladi. Ushbu mulk faqat prezident va hukumat qarori asosida xususiylashtiriladi.
Bu ro‘yxatdan respublikaning to‘rt kimyo zavodi, "Qizilqumsement" AJ, 10ta tijorat banki va to‘rtta sug‘urta kompaniyasi hamda Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan Moskva-O‘zbekiston mehmonxona majmuasi, "Investstroy" va "Tumendorstroy" AJ.
O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1990-yillardan beri 30 mingdan ortiq davlat mulki xususiylashtirilgan. Ulardan 6,5 mingtasi o‘rta va yirik korxonalardir.