Mirziyoyev korxonalarni xususiylashtirish borasidagi ishlarni qoniqarsiz deb baholadi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qarori e’lon qilindi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti mahalliy korxonalarni xususiylashtirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni qoniqarsiz deb baholadi.

O‘tgan 25-yil davomida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat obyekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‘prog‘i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda.

Lekin shu bilan birgalikda tanqidiy tahlillar bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermaganligini ko‘rsatmoqda.

"Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko‘rsatmoqda", deyiladi mamlakat rahbarining bu borada e’lon qilingan qarorida.

Jumladan, Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan "Rele va avtomatika", "Algoritm" zavodlari, Samarqand shahridagi "Qizil dvigatel" va Liftsozlik zavodlari, G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi "16-sonli g‘isht zavodi" kabi korxonalar faoliyati qoniqarsiz baholangan.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlar jazolandi

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko‘rayotgan kam quvvatli xo‘jalik subyekti, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo‘sh yotgan obyekt, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan.

Bu esa davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganligini bildiradi.

Mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun davlat rahbari vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o‘zgartirishlari kerakligini ta’kidlagan. Xususan, prezidentning farmoniga binoan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya tuziladi.

Unga mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov rahbar bo‘ladi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0