Rossiyaga ishlashga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar Toshkentda pullik imtihon topshiradilar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur imtihon pullik bo‘ladi. Imtihon topshirayotgan fuqaro to‘lovning bir qismini xorijiy valyutada, qolgan qismini esa milliy valyutada to‘lashi zarur bo‘ladi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Toshkentda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan imtihonlarni qabul qilish bo‘yicha 3 ta rasmiy markaz ochiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Mehnat migrantlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan chetga ishga ketish va kunning boshqa dolzarb masalalari haqida intervyu
Yangi markazlar Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan imzolangan bitim doirasida tashkil etilmoqda. Markazlar O‘zbekiston Milliy universitetida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida hamda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialida o‘z faoliyatini amalga oshiradilar.

Ayna shu oliygohlar, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha ish faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirilgan fuqarolardan imtihon qabul qilish bo‘yicha vakolatli oliy ta’lim muassasalar hisoblanadi.

O‘zbekiston fuqarolari rus tili, Rossiya Federatsiyasining tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Mazkur imtihonni topshirish pullik bo‘ladi. Fuqarolar imtihon to‘lovining bir qismini xorijiy valyutada, qolgan qismini esa milliy valyutada to‘lashi zarur bo‘ladi.

Imtihon topshirish uchun to‘lovlarning bir qismi, ya’ni milliy valyutadagi mablag‘lar mazkur oliygohlar tariflari asosida budjetdan tashqari maxsus hisob raqamiga kelib tushadi. Mablag‘lar markazlarning moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston prezidenti oliygohlar uchun 2022-yil 1-yanvarga qadar qator soliq imtiyozlarini berdi. Imtihonlarni topshirish qulay shart-sharoit yaratish maqsadida xorijiy valyutada to‘lovlarni qabul qiluvchi terminallar o‘rnatiladi.

Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Noqonuniy migrantlar soni bir millionga kamaydi

Shu bilan birga, ushbu imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan elektron baza joriy etiladi. Ushbu baza amalda yuritayotgan ishlash uchun chet davlatlarga uzoq muddatga ketgan fuqarolarni qayd etish tizimi bilan ulanadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rasmiy veb-saytida imtihonlarni o‘tkazish joyi va vaqti hamda to‘lov tariflari haqidagi ma’lumotlar  joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Mazkur imtihonlarni o‘tkazishni tartibga soluvchi qoidalar tez kunlarda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0