TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Demidenko MDH hududida noqonuniy migrantlar soni 1 mln kishiga kamayganini xabar qilmoqda.
"MDH mamlakatlari noqonuniy migratsiyaga barham berish uchun ko‘plab umumiy va ikki tomonlama shartnomalar imzolagan. Bu yil qonunbuzarlik qilgan migrantlar soni bir millionga kamaygan. Ayni damda, mamlakatda bo‘lish qonuniy muddatlarini buzgan fuqarolar soni 2,5 mln kishini tashkil qilmoqda, afsuski bu hali ham juda ko‘p", — deydi Demidenko.
Demidenko aytishiga qaraganda, migratsiya sohasida qonunbuzarlik yo‘l qo‘yilishi sabablaridan biri, bu – aniq va tushunarli ma’lumot yo‘qligidir. Undan tashqari patent to‘lovlari narxi ham biroz baland. Ayniqsa, rivojlangan markaziy hududlarda.
MDH mamlakatlari migratsiya bo‘limlari rahbarlarining bu yilgi majlisi Dushanbeda bo‘lib o‘tmoqda. Shunisi qiziqki, aynan shu yerda 20-yil oldin ushbu tuzilmani tashkil qilish hg‘aqida qaror qabul qilingan edi.