TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston Norin darosining yuqori o‘zanida qurilishi rejalashtirilgan GESlar kaskadi uchun yangi investorlarni topdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Almazbek Atambayev.
“Biz Norin darosining ustki qismida qurildigan GESlar uchun investor topdik. Shartnoma iyul oyining oxirida imzolanadi”, — dedi Almazbek Atambayev Moskvaga bo‘lgan tashrifi vaqtida.
Dastlabki kelishuvga ko‘ra, Qambar-Ota GESi qurilishida O‘zbekiston va Qozog‘iston sarmoyalaridan foydalaniladi.
“Bu borada biz daroning quyi o‘zanida joylashgan mamlakatlar – Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda qaror qabul qilishni istaymiz. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ularning ikkalasi ham bunga rozi", — dedi Atambayev.
Qambar-Ota GESini qurish qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3 mlrd. Dollarni tashkil qiladi. Dastlab GES qurilishida Rossiya bosh sarmoyador
Daroning quyi o‘zanida joylashgan O‘zbekiston va Qozog‘iston Qambar-Ota GESi qurilishi O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi tufayli, unga qarshi bo‘lishgan edi.
Atambayevning fikriga ko‘ra, Rossiyaning "O‘rta Osiyoning barcha suv resurslariga kalit bo‘lgan", Qambar-Ota GESidan voz kechishi — katta xato bo‘lgan.
“GES masalalasida men Vladimir Vladimirovichga shunday dedim: bu Rossiya tomonidan yo‘l qo‘yilgan katta xato bo‘ldi. Bir kun kelib siz buni tushunasiz va taaluqli muassasalar rahbarlarini jazolaysiz”, — dedi Atambayev.
Eslatib o‘tamiz, Alamazbek Atambayev 20-iyun kun Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif davomida Qirg‘iziston prezidenti Rossiya prezident Vladimir Putin bilan 20-iyun kuni uchrashgan edi.
Podrobno.uz xabariga asosan.