TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq qator vazirlik va davlat qo‘mitalarida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi, deb xabar qildi "Uzreport".
Jumladan:
Haydarov Ahadbek Yaxobekovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Djamalov G‘ofir Oribjonovich O‘zbekiston Respublikasi uy-komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Nazirov Nazirjon Tohirjonovich O‘zbekiston Respublikasi uy-komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Xabibullayev Sherzod Xabibullaxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Qurbonov G‘olibjon Karimovich O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari lavozimiga tayinlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.