Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3081-son qaroriga muvofiq Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", deyilgan xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq prezident farmoniga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Majidov Inom Urishevich tayinlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0